Eron bilan o‘yinga oz qolganida Islom To‘xtaxo‘jaev safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” maydoniga safar uyushtirdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida jamoamizning tajribali himoyachilaridan biri  Islom To‘xtaxo‘jaev tizza bo‘g‘imini shikastlab oldi. Shu sababli mahoratli futbolchi o‘sha uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, ammo maydonga tusha olmadi.

Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, To‘xtaxo‘jaevning tizza bo‘g‘imi ichki yon boylami cho‘zilgan va qisman yirtilgan bo‘lib chiqdi. Bu esa uning yaqin muddat ichiga mo‘ljallangan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishini bildiradi, deb xabar bermoqda "temiryo‘lchilar" matbuot xizmati. 

Ta’kidlash joizki, ayni damda Salamat Qutiboev hamda Ikrom Aliboev ham jarohatini davolash bilan band. Ushbu futbolchilar tez orada safga qaytadi va jamoaning muvaffaqiyatlariga o‘z xissalarini qo‘shadi.

Avvalroq "Qo‘qon-1912" futbolchisi, Qatar bilan o‘yinda maydonga tushgan Aleksandr Merzlyakov ham safdan chiqqani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!