
Ertangi Superkubok uchrashuvidagi kontsertda Shahzoda va Lola ishtirok etadi
Xabaringiz bor ertaga «Paxtakor» stadionida "Lokomotiv" hamda AGMK klublari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi.
PFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ertangi o‘yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan san’atkorlari ishtirokida kontsert dasturi va turli tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, estradamiz yorqin yulduzlari – Shahzoda, Lola va boshqa mashxur xonandalar ishtirokidagi o‘yinoldi kontsert soat 14:30dan boshlab stadionga tashrif buyuruvchi muxlislar e’tiboriga havola etiladi.
Yana bir quvonarli jihat shundaki, ishqibozlar shu kuni Superkubok o‘yiniga bepul tarzda kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. O‘yin uchun chiqariladigan chiptalar taklifnoma tarzida “Paxtakor” stadioni kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etiladi.
Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiyligi ostida kechadi.
Fikrlar