
Ertangi o‘yin oldidan "Paxtakor" safida jiddiy yo‘qotishlar bor
Xabaringiz bor ertaga “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Iroqning “Eyr Fors” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldiki "sherlar" safida jiddiy yo‘qotishlar mavjud. Jumladan, Akrom Komilov, Sardor Sobirxo‘jaev va Marko Simichlar jarohati sabab ertangi o‘yinda "Paxtakor"ga yordam bera olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Eyr Fors” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 12 fevral kuni “Paxtakor” stadionida soat 15:00da start oladi. O‘yinni Kim Xi Gon boshchiligidagi koreyalik hakamlar brigadasi boqsharib boradi.
Fikrlar