Eshli Koul endi Lempard qo‘l ostida to‘p suradi

  • 21 yanvar, 2019, 23:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mashhur himoyachi Eshli Koul faoliyatini "Derbi Kaunti"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

38 yoshli futbolchi yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Qayd etish lozimki, ushbu jamoaga Koulning “Chelsi”dagi sobiq jamoadoshi Frenk Lempard ustozlik qilmoqda. Ushbu jamoa ayni damda Chempionshipda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Eshli Koul faoliyati davomida "Arsenal", "Kristal Pelas", "Chelsi", "Roma" va "Los-Anjeles Gelaksi" kabi jamoalarda to‘p surgan. Angliya terma jamoasi safida esa 107ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!