Eshli Koul endi Lempard qo‘l ostida to‘p surishi mumkin

  • 19 yanvar, 2019, 09:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Derbi Kaunti" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard "Chelsi"dagi sobiq jamoadoshi Eshli Koulni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanligini aytdi.

Tecno

“Koul – haqiqiy professional va ajoyib yigit. Biz uni jamoamizga taklif qilish haqida o‘ylayapmiz. Men uning hozir yaxshi formada ekanligini va hali futbol o‘ynash niyati borligini bilaman”, - deydi Lempard.

Eslatib o‘tamiz, Lempard va Koul 2006-2014 yillarda “Chelsi” sharafini birga himoya qilishgan. 38 yoshli Koulning so‘nggi jamoasi "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bo‘lgan edi. U AQSh jamoasidan 2018 yilning noyabrida ketgan va ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!