"Espanol" Ukraina terma jamoasi a’zosiga qiziqish bildira boshladi

  • 20 avgust, 2018, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Espanol" klubi "Shalke" vingeri Evgeniy Konoplyankani o‘z safida ko‘rmoqchi.

Tecno

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Espanol” 28 yoshli ukrainalik futbolchini sotib olish uchun o‘zining bir qator futbolchilaridan voz kechishga tayyor. O‘z navbatida Konoplyanka ham yana o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan La Ligaga qaytishga rozi. Boisi, u 2015-2017 yillarda “Sevilya” sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Konoplyanka o‘tgan mavsum gelzenkirxenliklar safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!