Evro-2016 finali qahramoni faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

  • 19 yanvar, 2019, 23:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Takvim tarqatgan xabarga ko‘ra, turklar bir necha kundan buyon 31 yoshli futbolchining vakili bilan bu borada muzokara olib bormoqda. "Galatasaroy" "Lokomotiv"ga uning ijarasi bilan bog‘liq taklif bildirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Eder "temiryo‘lchilar" safiga 2018 yil avvalida kelib qo‘shilgan edi. Joriy yilgi mavsumda portugaliyalik forvard  Rossiya Premer-ligasida 15 bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritib, yana ikkita golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Eder Frantsiya yashil maydonlarida o‘tgan Evro-2016 finalida Portugaliyaga Frantsiya ustidan g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!