
Evropa Ligasi pley-off bosqichiga muddatidan avval chiqqan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi
Evropa Ligasi musobaqasining guruh bosqichi 4-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi. Mazkur tur yakuniga ko‘ra bir qator jamoalar muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.
Jumladan, “Arsenal” o‘z maydonida “Sporting” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, pley-offga yo‘l oldi. “Chelsi” safarda BATEni 1:0 hisobida taslim qilgan holda Evropa Ligasining 1/16 bosqichiga chiqdi.
Shuningdek, “Latsio”, “Bayer”, “Ayntraxt”, “Dinamo Zagreb” va “Tsyurix” klublari ham pley-off bosqichiga muddatidan avval yo‘llanma oldi.
Fikrlar