"Real" va "Barsa»" mundialdagi yulduzni talashyapti

  • 22.06.2026 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Ispaniyaning ikki grandi — «Real» va «Barselona» klublari diqqat markazida qolmoqda. TEAMtalk nashri xabar berishicha, futbolchi shartnomasida belgilangan majburiy to‘lov miqdori ko‘rsatilmagan, biroq ehtimoliy transfer ustida ishlayotgan mutasaddilar uning bahosini taxminan 60 million yevro atrofida deb baholamoqda.

Manbaga ko‘ra, ham «Real», ham «Barselona» Nmecha o‘yinini ancha vaqtdan beri kuzatib keladi va yozgi transfer oynasidan unumli foydalanib, futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Ikkala klub rahbariyati ham 23 yoshli yarim himoyachi faoliyatining eng samarali pallasiга kirib borayotganiga ishonmoqda.

Bu yozda Feliks Nmecha Germaniya terma jamoasi tarkibida 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Musobaqaning dastlabki ikki turida u bir gol urdi va ikki marotaba hamjamoalarini golli pas bilan ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!