
Evropa ligasi. “Atletiko” Lissabonda mag‘lub bo‘ldi, lekin...
Kecha UEFA Evropa ligasining 1/4 finali javob bahslaridan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, shu kuni Madridning “Atletiko” klubi safarda Lissabonning “Sporting” klubi mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan o‘yin kutilmaganda “matraschilarning” 1:0 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugadi. Ammo, dastlabki o‘yinda qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba Diego Simeone shogirdlarini musobaqaning yarim finaliga olib chiqdi.
“Sporting” Portugaliya – “Atletiko” Ispaniya 1:0 (1:0, 0:0)
12 aprel «Joze Alvalade»
Gol: 1:0 – 28 Montero.
“Sporting” – Ruy Patrisiu, Ande Pintu, Koates, Mate (Petrovich, 26), Ristovski (Dumbiya, 80), Ruis (Ruben Ribeyru, 70), Battalya, Akunya, Jelson Martinsh, Fernandesh, Montero.
“Atletiko” – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Lyuka Ernandes (Vrsalko, 46), Koke, Vitolo (Korrea, 60), Saul, Gabi, Grizmann, Diego Kosta (Torres, 52).
Ogohlantirishlar: Ristovski (29), Montero (66), Torres (70), Fernandesh (76), Battalya (90), Oblak (90).
Dastlabki o‘yin: 0:2
Fikrlar