Farg‘onada Superliga hakamlari uchun o‘quv-mashg‘ulot seminari boshlandi

  • 1 fevral, 2019, 17:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Jumladan, bugun 1 fevral kuni Farg‘onada Superliga hakamlari uchun o‘quv-mashg‘ulot seminari boshlandi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Hakamlar o‘quv-mashg‘ulot seminari davomida jismoniy testlar topshirishadi, o‘rtoqlik uchrashuvlarida hakamlik qilishadi, tayerlangan video materiallar asosida savollarga javob berishadi, o‘yin qoidalariga kiritilayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishadi, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishadi va shu yo‘l bilan ular 2019 yilgi mavsumga tayyorlanishadi. Seminarni O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov va  Vladislav Tseytlin olib borishmoqda.
 
Mazkur seminar 10 yanvarga qadar davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!