Frantsiya prezidenti JCh-2018 finaliga ham tashrif buyuradi
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Moskvada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 final bahsiga tashrif buyuradi.
Ta’kidlash kerakki, Frantsiya terma jamoasi kecha yarim finalda Belgiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Ular finalda bugun bo‘lib o‘tadigan Xorvatiya – Angliya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushishadi.
Eslatib o‘tamiz, Makron kecha bo‘lib o‘tgan Belgiyaga qarshi bahsda ham o‘yinni bevosita stadiondan turib kuzatib borgan edi.
Ma’lumot uchun, JCh-2018 final bahsi 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar