
Frantsiya terma jamoasi tarkibida majburiy o‘zgarish yuz berdi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bo‘lajak o‘yinlar uchun chaqirilgan terma jamoa safida majburiy o‘zgarishga qo‘l urdi.
Boisi, “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir kutilmaganda chempionatning o‘tgan turida PSJga (5:0) qarshi bahsda jarohat oldi. Terma jamoa murabbiylari esa uning o‘rniga “Marsel”dan Dimitri Payeni yig‘inga jalb etishdi.
Eslatib o‘tamiz, frantsuzlar dastlab 11 oktyabr kuni Islandiyaga qarshi maydonga chiqishsa, 16 oktyabr kuni Germaniyaga qarshi bahs yuritishadi.
Fikrlar