Futzal: “Qo‘qon-1912” – AGMK. Prevyu
Bugun Qo‘qon futboli tarixida yangi sahifa ochiladi. Sababi, “Qo‘qon-1912” futzal jamoasi O‘zbekiston chempionatidagi o‘z ishtirokini boshlaydi. Olimjon Yo‘ldashev boshchiligidagi futzalchilarimizning birinchi raqibi ancha jiddiy – AGMK.
Ushbu jamoa safida O‘zbekiston futzal terma jamoasining bir qator a’zolari to‘p surishadi. 1-tur o‘yinlari 30 va 31 mart kunlari Qo‘qon shahar 2-sonli bolalar sport maktabi zalida bo‘lib o‘tadi. Bugungi uchrashuv soat 13:00da boshlanadi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – AGMK o‘yinlarni quyidagi hakamlar boshqarib borishadi.
30 mart
“Qo‘qon-1912” – AGMK
Hakamlar: Sh.Muhitdinov (Toshkent), A.Mamatov (Qarshi), S.Nishonboev (Toshkent), S.Rahmonov (Farg‘ona).
Nazoratchi– Sh.Allaev (Jizzax).
Komissar – M.Saidqosimov.
31 mart
“Qo‘qon-1912” – AGMK
Hakamlar: S.Nishonboev (Toshkent), Sh.Muhitdinov (Toshkent), S.Rahmonov (Farg‘ona), A.Mamatov (Qarshi).
Nazoratchi –Sh.Allaev (Jizzax).
Komissar– M.Saidqosimov.

Fikrlar