
Gamburg-2017: Hasanboy va Iqboljon finalda kimlar bilan bahs yuritadi?
Bugun Germaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bahslariga start berildi. 49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov kolumbiyalik Yurberjen Martines ustidan hakamlar xulosasiga ko‘ra 5:0 hisobida ustun keldi va finalga chiqdi.
Yarim finalning ikkinchi jangida kubalik Yoanis Argilagos qozog‘istonlik Jomart Erjanga umuman imkoniyat qoldirmadi – 5:0.
Shu tariqa, Hasanboy finalda kubalik bokschi bilan kurash olib boradigan bo‘ldi. Qayd etish joiz, ushbu ikki bokschi WSB doirasida Samarqandda kechgan “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham o‘zaro duch kelishgan va o‘shanda, bokschimizning qo‘li baland kelgan edi.
64 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya etayotgan Iqboljon Xoldorov esa yarim finalda aqshlik Freudis Roxasni hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Ikkinchi bahsda esa kubalik Endi Krus Gomes armanistonlik Bachkovdan 5:0 hisobida ustun keldi. Shunday qilib, 20 yoshli bokschimiz ham oltin medal uchun jangda kubalik bokschi bilan ro‘baro keladigan bo‘ldi.
Boks bo‘yicha jahon chempionati. Final
2 sentyabr (shanba)
49 kg
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Yoan Argilagos (Kuba)
56 kg
Qayrat Eraliev (Qozog‘iston) – Ragan Duke (AQSh)
64 kg
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Endi Krus Gomes (Kuba)
75 kg
Ablayxan Amanqul (Qozog‘iston) – Aleksandr Xijnyak (Ukraina)
91 kg
Evgeniy Tishenko (Rossiya) – Erislandi Savon (Kuba).
Fikrlar