
Gattuzo: Men Iguainni qo‘llab-quvvatlayman, biroq ...
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo xujumchi Gonsalo Iguain haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Gonsalo bilan jamoaning natijalari borasida suhbatlashganman. U bu holatdan g‘azabda. Biz uning tajribasiga hamda harakteriga muhtojmiz.
Og‘ir vaqtda jamoada etakchilik fazilartlarga ega futbolchilarning o‘rni katta bo‘ladi. Iguain jamoadoshlarini o‘z ortidan ergashtirishi darkor.
Gonsalo bilan gaplashganimda uni qo‘llab-quvvatlashimni aytib o‘tgandim, biroq u ko‘proq harakat qilishini ham ta’kidlab o‘tganman, - deya Gattuzoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar