G‘olib va sovrindor bokschilarimiz ertaga Toshkentga qaytib kelishadi

  • 17.04.2018 14:31
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Frantsiyada tashkil etilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltita oltin va bittadan kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ushbu turnirda dunyoning 24 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari o‘zaro raqobatlashdi. Osiyo qit’asidan faqatgina O‘zbekiston terma jamoasi qatnashgan.

Ertaga bokschilarimiz Toshkentga qaytib kelishadi. Ular 18 aprel kuni tonggi soat 07:20da etib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!