Golovinning "Monako"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

  • 26 iyul, 2018, 10:51
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin tez orada “Monako”ga ko‘chib o‘tadi.

Rus OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli rossiyalik futbolchi yangi jamoasida yiliga 2 mln evro maosh oladi. Golovin esa “Monako” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq monakoliklar Golovinning transferi uchun TsSKAga 30 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!