Grizmann "Atletiko" safida EChLda 20ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi
Xabaringiz bor kecha Madridning “Atletiko” klubi UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 4-turida o‘z maydonida “Borussiya” Dortmundni 2:0 hisobida engdi.
“Matraschilar”ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Antuan Grizmann shu kuni o‘zining EChLdagi gollari sonini 20taga etkazib oldi. E’tiborlisi, frantsiyalik futbolchi shu tariqa “Atletiko” safida Chempionlar ligasida 20ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.

Fikrlar