Grizmann: "Barselona" Messisiz ham "Real"ni mag‘lub eta oladi
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Antuan Grizmann ertaga "Barselona" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi El Klasiko oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu ham xuddi avvalgi El Klasikolar kabi ajoyib o‘tadi. Afsus, Messi “Barsa”ga yordam berolmaydi. Lekin “Barselona” baribir g‘alaba qozonishi mumkin, biroq “Real”ga ham g‘alaba zarur. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” - “Real” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
Fikrlar