Grizmann: “Barselona” taklifini rad etish oson bo‘lmadi
Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann “Barselona” taklifini rad etish qarori haqida so‘zlab berdi.
“Barselona” taklifini rad etish oson bo‘lmadi. Kataloniyaliklar meni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘ldi, ko‘plab qo‘ng‘iroq va murojaatlar bo‘ldi. Biroq men uzoq vaqtdan buyon to‘p surayotgani klubdaman, meni bu erda qadrlashadi.
“Atletiko” atrofimda loyiha yaratmoqda. Hamkorlarim va klub rahbariyati “Atletiko”da qolishim uchun ko‘p harakat qilishdi. Muzokaralar o‘tkazildi, maoshim ko‘tarildi. Bu mening uyim ekanini anglashim uchun barchasi qilindi. Men uchun og‘ir davr kechmoqda”, – dedi Grizmann.

Fikrlar