Grizmann: Men "Oltin to‘p" haqida o‘ylamayapman, men jahon chempioni bo‘lishni istayman
Madridning “Atletiko” klubi hamda Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmann o‘zining “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritish borasidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
“Men hozir umuman “Oltin to‘p” haqida o‘ylamayapman. Men jahon chempioni bo‘lishni istayman! Bizda chempion bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bor va “Oltin to‘p” mening hayollarimga kirmaydi. Men jahon chempioni bo‘lish uchun borimni berib harakat qilaman”, - deydi Grizmann.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi finalda Xorvatiyaga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar