Grizmann Torresdan o‘zib ketdi

  • 17 fevral, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor "Atletiko" Madrid kecha La Liganing 24-turida "Rayo Valekano" mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Shu kuni “matraschilar”ga g‘alaba keltirgan yagona golga esa Antuan Grizmann mualliflik qildi. Gracenote nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu frantsiyalik hujumchi uchun “Atletiko” safidagi 130-gol bo‘ldi. Shu tariqa Grizmann madridliklarning afsonaviy futbolchisi Fernando Torresni (129) ortda qoldirdi va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, “Atletiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bu Luis Aragones hisoblanadi. Uning hisobida 172ta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann joriy mavsum La Ligada 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!