
Grizmann Zidanning natijasini takrorladi
Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmann kecha JCh-2018ning chorak finalida Urugvay darvozasini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa “Atletiko” a’zosi 2006 yildan buyon Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionatlarining ham guruh, ham pley-off bosqichida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan ilk futbolchiga aylandi.
Qayd etish lozimki, bunday natijaga so‘nggi bor bundan 12 yil muqaddam Zinedin Zidan erishgan edi.
Fikrlar