Grizmann dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann La Ligada dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

O‘tgan oyda frantsiyalik futbolchi turnirda 4 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bu mavsum Grizmann madridliklar safida 26 o‘yinda 13 gol va 7 golli uzatmani amalga oshirgan. U La Ligada “gol+uzatma” tizimida etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!