Grizmanning chiroyli goli “Atletiko”ga g‘alaba keltirdi (Video)
Ispaniya La Ligasi 24-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano" hamda "Atletiko" jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Kampo de Valekas" stadionida kechgan Madrid derbisida "matraschilar" minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi – 1:0. Bellashuvdagi yagona gol 74-daqiqada Antuan Grizmann tomonidan kiritildi.
Shu tariqa Diego Simeone shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 47 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.



Fikrlar