Grizmanning futbolkasi Messi va Ronaldunikiga nisbatan qimmatroqqa sotildi
3 dekabr kuni Palmira Business Club’da “Futbolka hayot beradi” deb nomlangan hayriya kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda o‘ziga hos auktsion ham o‘tkazildi. Unda Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Neymar va Antuan Grizmann kabi mashhur futbol yulduzlarining futbolkalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi.
E’tiborlisi, ular orasida Antuan Grizmanning 2016 yil 29 mart kuni Frantsiya – Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida kiygan va o‘z shaxsiy dastxati tushirilgan libosi eng qimmat narxga sotildi. Frantsiyalik futbolchining futbolkasini naqd 550 ming rublga xarid qilishdi.
Bu borada ikkinchi ko‘rsatgichni Lionel Messining Argentina terma jamoasi safida JCh-2018da foydalangan libosi egalladi. U 450 ming rublga sotildi. Neymar va Ronalduning futbolkalari esa 250 ming rublga baholandi.

Fikrlar