Gvardiola yozda Iskoni "Manchester Siti"ga olib kelmoqchi

  • 11 fevral, 2019, 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi rahbariyati "Real" yarim himoyachisi Iskoning transferi bo‘yicha super taklif tayyorlamoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “shaharliklar” 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 75 mln evro to‘lashga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Iskoni jamoaning yoshi ulg‘ayib qolgan etakchisi David Silvaga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Iskoning “Real” bosh murabbiyi Santyago Solari bilan o‘zaro munosabatlariga putur etgani aytilmoqda. Shu bois u mavsum yakunlangach katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.

Iskoga shuningdek “Yuventus”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud. U joriy mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 75 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!