
Hamdamovning jamoasi yo‘qolib ketish arafasida
Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan Maxachkalaning "Anji" klubi qishki tanaffus paytida Rossiya premer-ligasidan olinishi mumkin. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra klubda moliyaviy axvol juda og‘ir. Jumladan, futbolchilarga maosh to‘lanmayapti, qishki yig‘inlar uchun esa hali hech qanday tayyorgarliklar bo‘lmayapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Anji”ning umumiy qarzi 250 mln rublni tashkil etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Anji” ayni damda RPLda o‘tgan 14ta turdan so‘ng 15-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar