
Hasanboy Do‘smatov boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi
Samarqand shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bugun chorak final bahslari o‘tkazildi. Kunduzgi dasturdan o‘rin olgan qarama-qarshiliklarda Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
52 kg vazn toifasida kechgan to‘qnashuvda Hasanboy buxorolik yana bir iqtidorli bokschimiz Mironshoh Ibrohimovga umuman imkoniyat qoldirmadi. 5:0.
Ushbu vazn toifasining yana bir qarama-qarshiligida farg‘onalik Abrorjon Qodirov jizzaxlik Foziljon Abdumurodovni musobaqadan chiqarib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov yaqinda Moskva shahrida boks bo‘yicha Rossiya va Jahon terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etib, mezbonlar vakili Tamir Galanovni ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar