
Ibragimov medallar uchun kurashdan chiqdi, Abdurahmonov bronza uchun kurashadi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining -74 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida yarim final bahslari o‘z yakuniga etdi.
Ushbu bosqichda hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov AQSh vakili Jordan Burrousga qarshi bahs olib bordi va 6:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, -97 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi chorak final bosqichida armanistonlik Georgi Ketoevga qarshi bahs olib borgan Magomed Ibragimov ham raqibiga 12:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va medallar uchun kurashdan chiqdi.
Fikrlar