Ibragimovich MLS yulduzlarining "Yuventus"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi
“Los-Anjeles Gelaksi” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLS yulduzlarining “Yuventus” bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. O‘yin 1 avgust kuni Atlantada bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan hafta futbolchi Liganing uchta o‘yinida maydonga tushgan va shuning uchun turinliklarga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilmagan.
– “Yuventus”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishimdan hafsalam pir bo‘ldi. U erda sobiq jamoadoshlarim bor edi. Men uchun ovoz bergan muxlislarimga minnatdorlik bildirgan bo‘lardim. Hozir mening asosiy maqsadim gollar urib, “Los-Anjeles”ga yordam berish, — deydi shvetsiyalik hujumchi.
Ibragimovich “Orlando Siti” (4:3) bilan bo‘lgan o‘yinda uchta gol urib, o‘yin qahramoniga aylangan edi.

Fikrlar