Ibragimovich Mourinoni qo‘llab-quvvatladi
"Manchester Yunayted" klubi sobiq xujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning tanqidlar ostida qolgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Mourinoni hamma natija ko‘rsatolmasligidamas, uning fe’l-atvori uchun tanqid qilishadi. O‘zimni xuddi shu vaziyatda tassavur qila olaman. Jozeda ham, menda ham o‘zimizga bo‘lgan katta ishonch bor. Biz o‘zimiz xohlagan narsalarga ishonamiz.
Albatta, mag‘lubiyatga uchraganimizda biz hamma aybni o‘z zimmamizga olamiz. G‘alaba qozonganimizda esa biz xursand bo‘lamiz, - deya Ibragimovichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports nashri.

Fikrlar