Ikardi faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘yicha bir qarorga keldi
Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi kelajak faoliyati borasida kutilmagan qarorga keldi.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Real"dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotganiga qaramay, u "Manchester Yunayted"ning taklifini qabul qilmoqchi. 25 yoshli argentinalik futbolchi “Old Trafford”ga joriy mavsum yakunlangach ko‘chib o‘tmoqchi.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan. Milanliklar uning transferini 100 mln evroga baholashmoqda.



Fikrlar