
Ikki nafar “Chelsi” ishqibozini do‘pposlashdi
Ikki nafar “Chelsi” muxlisi PAOKga qarshi Evropa Ligasi guruh bosqichi birinchi tur oldidan muammoga duch keldi, deya xabar beradi Mirror nashri.
Voqea bugungi o‘yinga mezbonlik qiladigan Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tgan. London klubi ishqibozlariga uch nafar bezori hujum qilgan va oqibatda mehmonlar jarohat olishgan. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq u shifoxonaga borishdan va politsiyaga ariza yozishdan bosh tortgan.
PAOK – “Chelsi” bahsi 20 sentyabr kuni “Tumba” stadionida tashkil etiladi.
Fikrlar