Ikkita olimpiadada sovrindor bo‘lgan sportchi endi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

CHERY AUTO

London va Rio olimpiadalari sovrindori bo‘lgan rossiyalik velopoygachi Olga Zabelinskaya xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Sportchi bundan bir qancha muddat oldin Xalqaro vedosipedchilar tashkilotiga iegishli hujjatlarni taqdim etgandi.

Tecno

 ­- Ha, men ayni paytda o‘z sport fuqaroligimni o‘zgartirish arafasidaman. Ammo buni hozircha ovoza qilishni istamayotgandim, - deydi sportchi TASS axborot agentligiga bergan intervyusida.

“RIA novosti” nashri tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, 38 yoshli velopoygachi 5 iyuldayoq O‘zbekiston pasportini qo‘lga kiritgan.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, Zabelinskaya 2012 yilgi London Olimpiadasida 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. 2016 yilgi Rio olimpiadasida esa yakkalik bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi.

Yana bir ma’lumot, Rossiya nashralarini qayd etishlaricha, Zabelinskayaning Rio olimpiadasida qatnashishi oldidan kichik mojaro yuzaga kelgan. Xususan, sportchining dastlabki doping test natijalari ijobiy chiqqan. Ammo keyinchalik Sport arbitraj sudi ushbu ishni qayta ko‘rib chiqib, Zabelinskayaning poygalarda qatnashishiga ruxsat bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!