Ikrom Aliboev: Bizni shiddatli o‘yin kutib turibdi

  • 13 iyul, 2018, 13:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” jamoasi qoldirilgan 14-turda o‘z maydonida “Navbahor”ga qarshi bahs yuritadi. Turnir jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan “temiryo‘lchilar” jamoasi mazkur qarama-qarshilikka ancha jiddiy hozirlik jarayoni olib bordi.

Tecno

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Ikrom Aliboev o‘yin oldidan klub rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

- “Lokomotiv” “Navbahor”ga qarshi uchrashuvga ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Biz o‘z maydonimizda ishqibozlarimiz qarshisida to‘p suramiz. To‘g‘ri, o‘yin oson o‘tmasligi tayin. Lekin 3 ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan ekanmiz, maydonda borimizni berishimiz shart. Bundan buyon xato qilishga haqqimiz yo‘q.

Zero ba’zi uchrashuvlarda ko‘zlangan maqsadga eta olmadik. Biroq endi barchasi o‘z o‘rniga tushmoqda. Hali “Lokomotiv” o‘z muxlislarini chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etadi va albatta 1-pog‘onaga qaytadi, - dedi mahoratli himoyachi klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!