Inestaning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi (foto)

  • 19.04.2018 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi sardori Andres Inesta joriy mavsum yakunlangach Xitoyning "Chuntsin Danday Lifan" jamoasiga o‘tadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 33 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi klubi bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. Inesta bilan shaxsan "Chuntsin Danday Lifan" klubi prezidenti Tszyan Lijanngning o‘zi muzokara o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Inesta “Barselona” safida 16 mavsumdan buyon to‘p surib kelmoqda. U bu vaqt mobaynida jami 669ta bahsda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga 56ta gol kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!