"Inter" Ikardini jazolaydi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoa forvardi Mauro Ikardini so‘nggi paytlarda qilgan xatti-harakatlarini kechirmoqchi emas.
Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchini jarima kutmoqda. Shuningdek uning qachondan maydonga tushishi ham oydinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi so‘nggi paytlarda tizzasida og‘riq his qilayotganini ro‘kach qilib o‘yinlarda ishtirok etmay kelayotgandi. Ammo, o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning jarohati yo‘qligini aniqlangan edi.
Fikrlar