"Inter" Portugaliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 25 yanvar, 2019, 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Sautgempton” klubi himoyachisi Sedrik Soaresh mavsumni Italiyada yakunlashga yaqin turibdi.

Tecno

Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “Inter” 27 yoshli portugaliyalik futbolchini 500 ming evro evaziga mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. Ijara muddati yakunlangach esa “neradzurrilar” uni 11 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumotlarga qaraganda Soaresh bugun milanliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Soaresh joriy mavsum "Sautgempton" safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 15 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!