“Inter” “Real” etakchisini qo‘lga kiritmoqchi

  • 01.08.2018 09:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi “Real” yarim himoyachisi Luka Modrichga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “neradzurrilar” vakillari bu borada futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Qolaversa, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham “Inter”ga o‘tishga qarshi emas. Boisi, ushbu klubda Ivan Perishich va Martselo Brozovich kabi hamyurtlari bor. Tez orada shuningdek Shime Vrsalkoning ham ko‘chib o‘tishi aytilmoqda.

Xabarlarga qaraganda aynan Modrich sabab “Inter” rahbariyati “Bavariya” yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan muzokaralarni to‘xtatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!