"Inter" Taysonga qiziqib qoldi

  • 21 dekabr, 2018, 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Donetskning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Tayson “Inter”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Footboom tarqatgan xabarga qaraganja 30 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan “neradzurrilar” bosh murabbiyi Luchano Spalletti qiziqish bildira boshlagan. Aytish lozimki, ushbu futbolchiga shuningdek APL klublaridan ham takliflar bor.

Ma’lumot uchun, Tayson joriy mavsum “Shaxtyor” safida Ukraina premer-ligasida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “konchilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt talqini bo‘yicha esa uning narxi 13 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!