
“Inter” – “Milan” uchrashuvi chiptalari deyarli sotib bo‘lindi
Bugun A Seriyaning 9-turida bo‘lib o‘tadigan “Inter” hamda “Milan” uchrashuvi tomoshabinlarga to‘la stadionda o‘tishi kutilmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bugungi Milan derbisi uchun hozirgacha 78 ming chipta sotilgan. Ta’kidlash lozimki uchrashuv bo‘ladigan "Juzeppe Meatstsa" stadioni o‘z bag‘riga 80 ming ishqibozni sig‘dira oladi.
Ma’lumot uchun, “Inter” – “Milan” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Fikrlar