Iroda To‘laganova – O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi

  • 8 fevral, 2019, 17:17
  • 1
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun, 8 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston tennis federatsiyasi mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Konferentsiya kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiyaga bosh kotib saylashdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda yig‘ilish ishtirokchilarga o‘zbek tennisining yorqin vakillaridan biri, bugungi kunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sardori sifatida faoliyat olib borayotgan Iroda To‘laganova nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga saylandi.

t3-1

«Avvalambor bildirilgan ishonch uchun minnatchilik bildirmoqchiman. Federatsiyamiz raisi, bosh kotibiga ham rahmat. Aynan ularning qo‘l ostida men Iroda To‘laganova sifatida tanilganman. Bungacha ular tomonidan katta hajmdagi ish olib borilgan. Menga ishonganingiz uchun rahmat. Federatsiyamiz rivojlanishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilaman», – dedi Iroda To‘laganova.

t2-1

Ma’lumot uchun, Iroda To‘laganova 1982 yilning 7 yanvarida tavallud topgan. Tennischilik faoliyati davomida yakkalik bahslarida 3 ta WTF, 3 ta ITF turnirlarida g‘alaba qozongan. Jahon reytingida 16-o‘ringacha ko‘tarilgan. «O‘zbekiston iftihori» faxriy unvoni, «Shuhrat» medali sohibasi.

Konferentsiya davomida bungacha federatsiyada 20 yildan ortiq vaqt davomida bosh kotib sifatida faoliyat olib borgan Igor Shepelevga minnatdorchilik bildirildi va o‘zbek tennisi rivoji yo‘lida amalga oshirgan ishlari alohida qayd etildi. Shuning bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi yakuniga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
08/02/2019 21:31
Иродахон узбек теннисини ЭНГ куркам,таникли намоёндаси!
Узбекистон номини теннисда Иродадек хеч ким танитмаган.
Барча ишларига омад ёр булсин!