Ishsiz yurgan Venger tez orada Evropa grandini boshqarishi mumkin
"Bavariya" klubining yangi bosh murabbiyi Arsen Venger bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar mavsum boshidan buyon ketma-ket omadsizliklarga uchrayotgan xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach o‘rniga aynan 69 yoshli frantsuzni taklif qilishmoqchi.
Aytish lozimki, Venger ham o‘tgan mavsum yakuniga “Arsenal”dan iste’foga chiqqach ishsiz yuripti. Ushbu taklif esa uni yana faoliyatini davom ettirishga turtki bo‘lishi mumkni.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” rahbariyati Kovach oldiga ertaga EChL doirasida “Benfika”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonish shartini qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar