Islom Kenjaboev "Nasaf" nima sabab "So‘g‘diyona"dan ustun kelganini aytdi
Kecha Superliganing 20-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» – «Nasaf» (0:1) o‘yinidan so‘ng uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Islom Kenjaboev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugungi o‘yinda o‘tgan tur uchrashuvdagi xatolarimizni takrorlamaganimiz evaziga g‘alaba qozondik deb, o‘ylayman. Bugun barcha jamoadoshlarimiz hamjihatlik bilan, jamoaviy o‘yin namoyish etishdi. Bu ham g‘alaba qozonishimizga yordam berdi. Maqsadimiz, keyingi o‘yinlarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.

Fikrlar