Isroil Madrimov ertaga oltin medal uchun ringga chiqadi

  • 25 noyabr, 2017, 19:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.

Tecno

4 nafar bokschimiz yarim finalgacha etib kelib, oldiniga Hasanboy Do‘smatov (52 kg) va Iqboljon Xoldorov (64 kg) finalga yo‘l olishdi.

75 kg vaznda raqiblariga umuman imkoniyat bermay kelayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov final ostonasidagi jangda belaruslik Vladislav Savostyanov bilan kuch sinashdi.

Raqibiga nisbatan tajribali hisoblangan bokschimiz yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.

Shunday qilib, finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni uchtaga etdi. Final janglari ertaga, 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!