Italiya Kubogi. “Roma” qiyinchiliksiz chorak finalga chiqdi

  • 15 yanvar, 2019, 05:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya Kubogi nimchorak finalida “Roma” jamoasi quyi divizion vakili “Virtus Entella” bilan o‘zaro bahs olib bordi.

Tecno

Gollarga boy kechgan bellashuvda rimlkilar raqib darvozasiga 4 ta javobsiz to‘p yo‘lladi. Shik dubl qayd etgan bo‘lsa, Markano va Pastore bittadan golga mualliflik qildi.

Roma – Virtus Entella 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 1 Shik, 2:0 – 45 Markano, 3:0 – 47 Shik, 4:0 – 74 Pastore.

Roma – Olsen, Fasio, Kolarov, Karsdorp, Jezus (Markano, 10), Kristante, Pellegrini (Rikkardi, 82), Pastore, Under (Dzanolo, 76), Klyuyvert, Shik.

Virtus Entella – Paroni, Baroni, Pellitstser, Belli, Kler, Adoryan (Ikardi, 46), Paoluchchi (Arditstsone, 70), Nidzetto, Eramo, Katurano (Mankozu, 46), Mota.

Ogohlantirishlar: Markano (16), Eramo (33), Baroni (45).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!