
Italiya terma jamoasi safida o‘zgarish yuz berdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqinlashib kelayotgan Ukraina va Polshaga qarshi o‘yinlar uchun e’lon qilgan tarkibida majburiy o‘zgarish amalga oshirdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Skuadru Adzurro" safiga Lorentso Tonelli ("Sampdoriya") va Kristiano Pichchinilar ("Valensiya") chaqirilishgan. Ular jarohatlangan Danilo D’Ambrozio ("Inter") va Alessio Romanolilarning ("Milan") o‘rnini egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi oktyabr oyida dastlab Ukraina (10 oktyabr), so‘ngra Polshaga (14 oktyabr) qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar