Italiyalik mashhur futbolchining tanasida doping aniqlandi

  • 25.09.2018 19:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mashhur futbolchi Juzeppe Rossi doping mojarosiga aralashib qoldi. Bu haqda ANSA nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha 31 yoshli hujumchining tanasida dorzolamid moddasi aniqlangan. Aytish lozimki, Italiya terma jamoasi sobiq a’zosi ushbu doping testni joriy yilning 12 may kuni topshirgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda ayni damda erkin agent maqomida yurgan Rossining ishi 1 oktyabrda ko‘rib chiqiladi. U bu ish ortidan bir yilga futboldan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!